«Toza qog‘oz». Saakashvili Yuqori radani Kiyevdan chiqarib yuborishni taklif qildi
Ukraina fuqaroligiga qayta tiklangan Odessa viloyatining sobiq gubernatori, Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ushbu mamlakat fuqarolariga yangi taklif kiritdi: hammasini «toza qog‘oz»dan boshlash uchun Ukraina ma’muriy markazini poytaxtdan tashqariga ko‘chirish kerak.
«112 Ukraina» telekanali ko‘rsatuviga chaqirilgan Saakashvili yetti yil avvalgi tajribasini esga oldi: o‘shanda Tbilisidagi Gruziya parlamenti poytaxtdan 230 kilometr olisdagi Kutaisi shahriga ko‘chirilgan.
«Biz parlamentni Kutaisiga ko‘chirganmiz, Ukrainada ham shunday qilinishini istayman. Ma’muriy markazni Kiyev tashqarisidagi yangi binoga ko‘chirish kerak. Hammasini «toza qog‘oz»dan boshlagan ma’qul», — dedi Saakashvili.
Saakashvili bungacha mamlakatda jahon standartlari talabiga javob beruvchi zamonaviy me’morchilikka ega bironta ham shahar yo‘qligini aytgandi. Chunki, uning fikricha, Ukrainadagi barcha qurilish kompaniyalari — korrupsionerlar.
Ayrim xabarlarga ko‘ra, Ukrainaning yangi yetakchisi Vladimir Zelenskiy Kiyevdagi Bank ko‘chasida joylashgan prezident ma’muriyatini boshqa joyga ko‘chirmoqchi — uning jamoasi rosmana yevroofislarda — oynavand devorlar ortida ishlamoqchi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter