To‘yxona, qurilish, mehmonxona va boshqa sohalarda 11,5 mlrd. so‘mdan ziyod soliqlarni to‘lash muddati o‘zgardi
Mahalliy davlat hokimiyati hamda soliq xizmati organlarining qarorlari asosida xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarining 11 milliard 536 million so‘mlik soliqlarini to‘lash muddatlari o‘zgartirildi.
O‘zbekiston Prezidentining Koronavirus pandemiyasi va global inqirozning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha PF-5969 va PF-5978-sonli Farmonlarida tadbirkorlik sub’yektlarining mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqlarini kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.
Joriy yilning 19 apreligacha mahalliy davlat hokimiyati va soliq xizmati organlarining qarorlari asosida tadbirkorlik sub’yektlarining soliqlarini to‘lash muddatlari kechiktirildi.
Jumladan, ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritayotgan sub’yektlarining 7,5 mlrd. so‘mlik soliqlarini to‘lash muddatlari kechiktirilgan bo‘lsa, transport sohasi tadbirkorlari 626,1 mln. so‘m, qurilish sohasi vakillari esa 623,6 mln. so‘m miqdoridagi soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish imkoniga ega bo‘ldi.
Bundan tashqari:
- savdo – 588,7 mln. so‘m;
- sanoat – 500,6 mln. so‘m;
- xizmat ko‘rsatish – 472,8 mln. so‘m;
- umumiy ovqatlanish – 391,2 mln. so‘m;
- bozor – 383, 4 mln. so‘m;
- mehmonxona xizmati – 251,3 mln. so‘m;
- qishloq xo‘jaligi – 200, 4 mln. so‘m;
- tibbiy xizmat – 15,6 mln. so‘m;
- to‘yxona xizmati sohasi vakillariga 11,3 mln. so‘m miqdoridagi soliqlarni to‘lash muddatlarini o‘zgartirishga ruxsat berildi.
Shuningdek, yana 690,2 mlrd. so‘m miqdoridagi soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq DSQ Soliq qarzlarini majburiy undirish boshqarmasi boshlig‘i Nodir Erkayev tomonidan ushbu imkoniyatdan foydalanish tartibi haqida batafsil ma’lumot berilgan edi.
DSQ Matbuot xizmati
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter