«Toyloqtumangaz» xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «Toyloqtumangaz» bo‘limi SUG xizmati xodimlari I.S., K.D., I.O. va F.A. o‘zaro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr-noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter