Totalitarizmning qirg‘ini xalqimizni azob-uqubatlarga duchor qilgan – Qosim-Jo‘mart To‘qayev
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatda nishonlanayotgan «31-may – Siyosiy qatag‘on va ocharchilik qurbonlarini xotirlash kuni» munosabati bilan Twitter’dagi sahifasida post qoldirdi.
«Bugun biz siyosiy qatag‘on va ocharchilik qurbonlarini xotirlaymiz. Totalitarizmning bu qirg‘ini xalqimizni dahshatli azob-uqubatlarga duchor qildi. Tariximizning qayg‘uli davrlarini chuqur o‘rganish, begunoh qurbonlarni oqlash jarayonini davom ettirish o‘ta muhim masala», – deb yozadi Qosim-Jo‘mart To‘qayev.
U, shuningdek, o‘sha davr qiyinchiliklaridan saboq olib, kelgusida bunday holatlar takrorlanmasligi barchaning umumiy istagi bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan.
«Og‘ir sinovlardan omon o‘tib, millat birligini saqlagan, olijanob fazilatlarini yo‘qotmagan ajdodlarimizning umidlarini oqlashimiz zarur», – deydi To‘qayev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter