«Toshshahartransxizmat» aprel oyi uchun sotilgan oylik yo‘l chiptalari pulini qaytaradi
Toshkent shahar hokimining 2020 yil 21 martdagi «Toshkent shahrida jamoat transporti harakatini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida»gi 290-son qaroriga muvofiq, barcha jamoat trasportlari – avtobus, metro va yo‘nalishli taksilar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.
Shu munosabat bilan, aprel oyi uchun xarid qilingan oylik yo‘l chiptalari (proyezdnoylar) «Toshshahartransxizmat» AJning «Oylik yo‘l chiptalari va jetonlar sotish bo‘limi» tomonidan qaytarib olinib, pul mablag‘lari fuqarolarga qaytarilishi ma’lum qilindi.
Kompaniya buning uchun quyidagi manzilga murojaat qilishni so‘ragan:
Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur shoh ko‘chasi, 6-uy «Toshshahartransxizmat» AJ binosi 1-qavati.
Murojaat uchun telefon: (71) 233-54-23 (71) 244-17-52
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter