Toshkentning to‘rtta tumanida elektr o‘chiriladi
Toshkent shahrining to‘rtta tumanida yana elektr energiyasi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida bugun, 22 iyun kuni quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi:
- Olmazor tumani: «Paxta» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
- Yunusobod tumani: «Sandiq qo‘rg‘on» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Yashnobod tumani: «Jarboshi» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha;
- Mirzo Ulug‘bek tumani: «Gulsanam» MFYning ayrim ko‘chalarida soat 10:00 dan 16:00 gacha.
«O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz», deyiladi xabarda.
Shuningdek, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi iste’molchilardan uzr so‘ragan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter