Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning «Qashqar» mahallasida bo‘lganmisiz? (fotoreportaj)

Toshkentning «Qashqar» mahallasida bo‘lganmisiz? (fotoreportaj)

Bugungi kunda «Obod mahalla davlat dasturi» asosida yurtimizdagi mahallarda ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Shu jumladan, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi «Qashqar» MFYda ham ushbu dastur ijrosiga alohida ahamiyat berildi.

– Mahallamizda jami 3886 nafar fuqaro istiqomat qiladi, – deydi biz bilan suhbatda mahalla fuqarolar yig‘ini  raisi Anvar To‘xtayev. – O‘tgan yili mahallamizda uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda asfalt yotqizish ishlari olib borildi. Bolalar uchun zamonaviy o‘yingohlar tashkil qilindi va «Yashil makon» dasturi asosida ko‘plab mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Bu ish hozir ham davom etmoqda.

Shuningdek, aholining ehtiyojmand qatlamiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bundan tashqari, «Ayollar daftari»ga kiritilgan 202 nafar xotin-qizlarga, 31 nafar boquvchisini yo‘qotgan, 161 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga  hamda 193 nafar aholiga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi.

– Faqatgina bu bilan cheklanib qolmasdan, «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 18 nafar talabalarning o‘qishlari uchun to‘lovning 50 fozi mahallla tomonidan to‘lab berildi, – deya suhbatga qo‘shildi mahalla raisining xotin-qizlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Hikoyat opa To‘xtasinova. – Ba’zilarining shartnoma to‘lovlari esa homiy tashkilotlar  tomonidan to‘liq to‘lab berilgan.

Shuningdek, mahallada aholini sog‘lomlashtirish, bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish borasida hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash yo‘nalishida 53-oilaviy poliklinika mutasaddilari bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilgan.

Sug‘diyona Eshnazarova,
O‘zJOKU 1-bosqich talabasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring