Toshkentning «Humo» xokkey klubi faoliyatidagi ilk g‘alabasini Rossiya klubi ustidan qo‘lga kiritdi
Oliy xokkey ligasining yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Toshkentning "Humo" xokkey klubi shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘tkazilayotgan mavsumoldi turnirida ishtirok etyapti.
Bugun toshkentlik xokkeychilar musobaqa doirasidagi navbatdagi uchrashuvni Almetevskning "Neftyanik" klubiga qarshi o‘tkazishdi va o‘zlarining uzoq kutilgan ilk g‘alabalariga erishishdi.
«Olamsport» nashri bergan xabarga ko‘ra, uchrashuvda "Humo" 5:2 hisobida zafar quchgan. Voroshilo dublga erishgan bo‘lsa, qolgan shaybalarga Sherbina, Grigorenko va Bezrukovlar mualliflik qildi.
"Humo" ertaga turnir mezbonlari - "SKA-Neva" klubiga qarshi muzga chiqishadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter