Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentning atigi 3 foizi yashil hudud ekani rad etildi

Toshkentning atigi 3 foizi yashil hudud ekani rad etildi

Foto: Xabar.uz

7-iyun kuni «O‘zgidromet» tomonidan «Respublikamiz hududlarida, jumladan Toshkent shahrida atmosfera havosi ifloslanishi monitoring natijalari holati» bo‘yicha matbuot anjumanida Bosh direktor o‘rinbosari I.A. Karimov tomonidan berilgan ma’lumotlar yuzasidan iijimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ushbu holat yuzasidan «O‘zgidromet» axborot xizmati mutaxassislar tomonidan Toshkent shahrining yashillik qismi bo‘yicha tayyorlangan ma’lumotda texnik hatolikga yo‘l qo‘yilganligi tufayli axborot berilayotganda kamchilikka yo‘l qo‘yilganini ma’lum qiladi, deyiladi tashkilot xabarida.

Bugungi kunda shaharni yashillik darajasi 26.8 foizni tashkil etadi.

«Keltirilgan noqulayliklar uchun jamoatchilikdan uzr suraymiz», deyiladi Gidrometeorologiya xizmati ma’lumotida.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda e’lon qilingan Hukumat qaroriga ko‘ra, Toshkent shahar umumiy maydonining ko‘kalamzorlashtirilishini 2023 yilgacha 30 foizgacha yetkazish vazifasi qo‘yilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring