Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga qaytayotgan «Afrosiyob» poyezdi nosozlikka uchradi

Toshkentga qaytayotgan «Afrosiyob» poyezdi nosozlikka uchradi

Foto: Xabar.uz

Bugun, 14-noyabr kuni Buxoro-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan «Afrosiyob» poyezdi nosozlikka uchradi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Buxoro – Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan 765-sonli «Afrosiyob» elektropoyezdi texnik nosozlik sabab, soat 08:11 da «Baxt» stansiyasida to‘xtagan. Nosozlikni bartaraf qilish choralari ko‘rilgandan so‘ng, shu kuni soat 09:50 da «Afrosiyob» elektropoyezdi o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatni davom ettirgan. 

«O‘zbekiston temir yo‘llar» AJ rahbariyati yuzaga kelgan noqulaylik uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring