Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga konditsionerli avtobuslar kelishni boshladi

Toshkentga konditsionerli avtobuslar kelishni boshladi

«Turon24»ning ma’lum qilishicha, joriy yil oxiriga qadar keltirilishi rejalashtirilgan 80 ta “SAZ LE 60” avtobuslarining dastlabki 20 tasi Samarqanddan Toshkentga qarab yo‘lga chiqqan.

Avtobuslar poytaxt jamoat transporti tarixida ilk bora konditsionerlar bilan jihozlangan. Yangi “SAZ LE 60” avtobuslariga avtomat o‘tkazgichli "Yevro-4" dvigateli o‘rnatilgan.

Bundan tashqari, transport nogironlar uchun maxsus o‘rindiq va pandus (chiqib-tushish yo‘lagi) bilan jihozlangan. Avtobus jami 56 yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib, 25 ta o‘rindiqqa ega.

“Toshshahartransxizmat”ning ma’lum qilishicha, Samarqanddagi har ikki avtomobil zavodi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq yil so‘ngiga qadar yana 60 ta “SAZ LE 60” hamda 40 ta “MAN” rusumli avtobuslar bosqichma-bosqich keltirilishi ko‘zda tutilgan. Bu jarayon muntazam davom ettiriladi. Shu tariqa avtosaroylarning avtobuslari yangilab boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring