Toshkentdan Ostonaga uchgan samolyot ortga qaytishga majbur bo‘ldi
Uzbekistan airways kompaniyasining HY721 Toshkent – Ostona yo‘nalishida parvoz qilgan A-320 samolyoti ortga qaytdi.
Xabar berilishicha, bunga yuk bo‘limi eshigining noto‘g‘ri signalizatsiyasi ishga tushganligi sabab bo‘lgan.
«Ekipaj balandlikka ko‘tarilishni to‘xtatib, protseduralarga muvofiq jo‘nab ketish aeroportiga qaytishga qaror qildi», – deyiladi xabarda.
Aviakompaniya mutaxassislari havo kemasini parvozga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha barcha zarur ishlarni amalga oshirgan va «havo kemasi yaqin fursatlarda o‘z yo‘nalishi bo‘yicha parvozni amalga oshiradi».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter