Toshkentdagi universitetda kirish imtihonlari boshqa kunga qoldirildi

Toshkent shahridagi Amity universitetida may oyining oxirlariga 2020-2021-o‘quv yili uchun birinchi kirish imtihonlarini o‘tkazish belgilangan edi. Abituriyentlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida universitet ma’muriyati imtihonlarning birinchi bosqichi vaqtini 2020-yil 20-21-iyunga tayinladi.
Eslatib o‘tamiz, kirish imtihonlari quyidagi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Xalqaro boshlang‘ich dastur (Foundation)
Bakalavr yo‘nalishi (Undergraduate):
- Axborot texnologiyalari (Bachelor of Science in Information Technology);
- Kompyuter injenering (Bachelor Bachelor of Technology (Computer Science & Engineering));
- Iqtisodiyot (Bachelor of Arts (Honours) Economics);
- Turizm sohasidagi menejment (Bachelor of Arts (Tourism Administration);
- Biznes boshqaruv (Bachelor of Business Administration).
Magistratura yo‘nalishi (Postgraduate):
- Axborot texnologiyalari.
- Biznes boshqaruv.
Yangi 2020/2021 o‘quv yillarga hujjatlarni topshirish boshlangan va shu kunga qadar ikki mingdan ortiq abituriyetlar ariza topshirilgan.
Hujjatlar onlayn tarzda topshiriladi, to‘liq ma’lumotni http://amity.uz/Application.aspx havolasi orqali olish mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun: +998712079006, +998712079007
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter