Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi qurilishdan artilleriya quroli topildi

Toshkentdagi qurilishdan artilleriya quroli topildi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda qurilishda ikkita artilleriya aslahasi topilgani bo‘yicha video tarqamoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma’lumot berdi. 
 
27-dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli Shuhrat T.dan xabar kelib tushdi: uning gapiga ko‘ra, u tanishi 29 yoshli Aliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan ob’yekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o‘xshash zanglagan buyumlar topgan.
 
Ko‘rsatilgan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib borgan. Tekshiruv o‘tkazilgach, topilgan buyumlar o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 mm.lik o‘quv snaryadi va ikkita 82 mm.lik o‘quv minomyoti ekanligi ma’lum bo‘ldi.
 
Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring