Toshkentdagi oshxonada yuz bergan yong‘in bir soatda o‘chirildi
Bugun, 26 iyul kuni soat 13:14da Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Olmazor tumani Ahmad Donish ko‘chasida joylashgan «Zamondosh» oshxonasida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.
Qayd etilishicha, Favqulodda vaziyatlar vazirligining 5 ta yong‘in-qutqaruv guruhi voqea joyga jalb etilgan. Binoning taxminan 400 kv.metr maydoni yong‘indan zararlangan.
Yong‘in soat 13:33da o‘rab olinib, soat 14:31 batamom o‘chirilgan.
Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbariyati yetib borgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter