Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi nufuzli universitet to‘lov-kontrakt miqdorini biroz pasaytirdi

Toshkentdagi nufuzli universitet to‘lov-kontrakt miqdorini biroz pasaytirdi

Foto: Xabar.uz

12-iyundagi PQ–4749-sonli Prezident qarorining 6-bandida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini o‘zi belgilash huquqi berilgan hamda 1 hafta ichida kontrakt miqdorlarini OAVlarda e’lon qilish topshirilgan edi. Bugun o‘sha muddatning oxirgi kuni, deb yozmoqda «Xushnudbek.uz».

Uning qayd etishicha, Toshkent davlat yuridik universiteti ham o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tgan 10ta OTMning biri sifatida to‘lov-kontrakt miqdorlarini e’lon qildi.

E’tiborlisi ko‘pchilik kutganidek, kontraktlar avvalgidan ko‘tarilib ketmagan, aksincha biroz arzonlashgan ham.

Yuqoridagi jadvalda kontrakt miqdorlari bilan tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring