Toshkentdagi «Milliy kutubxona»da tunu kun ishlash tartibi bekor qilindi
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tungi smenada faoliyat olib borish mavsumiy to‘xtatilib, foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish vaqti soat 08:00-21:00 gacha etib belgilandi. Bu haqda kutubxona ma’muriyati ma’lum qilgan.
«2023-yil 20-oktyabr kunidan «Elektron o‘quv zali»da soat 08:00 dan 21:00 gacha xizmat ko‘rsatish davom etadi, tungi smenada xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi. Qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi», – deyiladi ma’muriyat xabarida.
Eslatib o‘tamiz, kutubxonada uzluksiz ishlash rejimi ko‘pchilikning taklifi bilan 2022-yilning 1-noyabridan yo‘lga qo‘yilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter