Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi mayning-ferma yarim milliardlik elektrni «yeb yubordi»

Toshkentdagi mayning-ferma yarim milliardlik elektrni «yeb yubordi»

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda Olmazor tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. o‘z uyida 94 ta to‘plamdagi qo‘lbola usulda yasalgan mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘g‘rilik yo‘li bilan ulab, jami 540 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring