Toshkentdagi maktablarning birida ruhiy muammosi bo‘lgan erkakning jasadi topildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-sonli umumta’lim maktabi hududida «erkak kishi o‘zini osgani» bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.
Tuman hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, holat hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bergan ma’lumotga ko‘ra, maktab hududidagi daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qilgan 31 yoshli erkak ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan. Muqaddam ham bir necha bor o‘z joniga suiqasd qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter