Toshkentdagi yerusti metrosi – «Qo‘yliq-Sergeli» yo‘nalishida sinov poyezdlar harakati boshlandi
Bugun, 24-mart kuni Toshkent meropoliteni yerusti halqa yo‘lining 2-bosqichi «Qo‘yliq – Sergeli» yo‘nalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.
Hozirda yerusti halqa metro yo‘lining 2-bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni o‘z ichiga olgan «Qo‘yliq–Quruvchilar» qismi qurib bitkazilgan bo‘lib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni o‘z ichiga oluvchi «Quruvchilar–Qipchoq» qismida qurilish ishlari davom etmoqda.
Qayd etilishicha, texnik sinovlardan so‘ng mazkur yo‘nalishda yo‘lovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter