Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi bog‘cha faoliyati koronavirus sabab to‘xtatildi

Toshkentdagi bog‘cha faoliyati koronavirus sabab to‘xtatildi

Foto:«Hudud24.uz»

Joriy yilning 15-mart kuni Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi 117- sonli DMTT ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar byerdi.

MTTda 13-mart kuni 2ta tarbiyalanuvchi va 2 ta tarbiyachida COVID-19 aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi «Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risidagi» Qonunning 12-moddasi «j» bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki-uch kun ichida O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus yuqtiruvchilar soni oshdi. Jumladan, Toshkent shahrida karantin talablari kuchayishi ham ma’lum qilindi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring