Toshkentdagi ayrim yo‘llar 31-yanvargacha yopiladi
Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, poytaxtdagi Tolimarjon va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari kesishmasida olib borilayotgan yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 2021-yilning 31-yanvar kuniga qadar quyidagi harakatlanish yo‘nalishlari yopiq bo‘ladi:
- Sayhun ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga to‘g‘ri chiqish yo‘li;
- Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Sayhun ko‘chasiga to‘g‘ri tushish yo‘li;
- Tolimarjon ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasiga burilish — «O‘zelektroapparat» zavodidan Farg‘ona dehqon bozori yo‘nalishida;
- Islom ota masjididan «O‘zbek qog‘ozi» yo‘nalishidagi dublyor yo‘li.
Mazkur yo‘l qismidagi ta’mirlash ishlari jarayonida transport oqimini taqsimlash uchun Sayhun va Farg‘ona yo‘li ko‘chalari oralig‘idagi qaytish yo‘l bo‘ylab ikki tomonlama harakatlanish ochiladi.
Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llar orqali harakatlanish tavsiya etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter