Toshkentda yosh bolali ayol avtobus oynasini tepib sindirdi (video)
Joriy yilning 14-avgust kuni Toshkentda qatnovchi avtobuslarning birida g‘alati voqea sodir bo‘ldi.
99-yo‘nalishda yo‘lovchi ayol belgilanmagan joyda, ya’ni Qo‘yliq bozori yaqinidagi Chirchiq daryosidan o‘tgan ko‘prik ustida avtobusni to‘xtatishni talab qilgan. Haydovchi unga bu yerda to‘xtash mumkin emasligi, hayoti uchun xavfliligini tushuntirgan. Ammo ayol o‘z so‘zida turib olgan.
Shundan so‘ng u avtobusning eshik oynasini bir necha marta tepib sindirgan. Bu bilan u o‘zi va boshqa yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan. Avtobusga zarar yetkazish bilan birga ayolning o‘zi ham oyna siniqlaridan shikastlandi.
«Toshshahartransxizmat» matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu holatni batafsil o‘rganish hamda chora ko‘rish maqsadida tegishli organlarga xabar berildi. O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi aytilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter