Toshkentda yirik xalqaro anjumanga start berildi (foto)
Bugun, 3-mart kuni poytaxtimizda «BMT Global aksilterror strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Qo‘shma harakatlar rejasi doirasida Markaziy Osiyo malakatlarining mintaqaviy hamkorligi» mavzusida xalqaro anjuman boshlandi.
Tadbir Prezident huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Tashqi ishlar vazirligi, BMT tuzilmalari — Terrorchilikka qarshi kurash boshqarmasi va Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan tashkil etilmoqda.
Gibrid formatda o‘tadigan anjumanda XXR, Rossiya, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Markaziy va Janubiy Osiyo, Yaqin Sharq hamda boshqa mintaqalar mamlakatlaridan 600 nafarga yaqin yuqori martabali shaxs, milliy va xorijiy tahliliy markazlar yetakchi ekspertlari, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, fuqarolik jamiyati institutlari mutaxassislari qatnashmoqda.
Anjumanning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan murojaatnoma o‘qib eshittirildi.
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro konferensiya ishtirokchilariga onlayn tarzda videomurojaat yo‘lladi.
3-4 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan nufuzli tadbirning yakuniy hujjati sifatida Toshkent deklaratsiyasi va Qo‘shma harakatlar rejasining yangi tahriri qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter