Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yarim kechasi avtomobillar to‘qnashib ketdi

Toshkentda yarim kechasi avtomobillar to‘qnashib ketdi

Kecha, 28-may kuni qoq tun vaqtida Toshkent shahrining Sebzor-Nurafshon ko‘chalari chorrahasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

Haydovchi 1993-yilda tug‘ilgan M.M. shaxsiy «Spark» avtomashinasini boshqarib ketayotib, asosiy yo‘ldan kelayotgan «Xunday» rusumli avtoulovni o‘tkazib yubormay, to‘qnashuv sodir etgan. «Xunday» haydovchisi 1995-yilda tug‘ilgan uchtepalik B.S. avtomashinani ishonch qog‘ozi asosida boshqarib kelayotgan bo‘lgan.

Hodisa natijasida ikki avtomashinalarning ham haydovchilari jabrlanmadi, ammo «Xunday» avtomashinasi yo‘lovchisi — 1993-yilda tug‘ilgan olmazorlik A.Sh. «o‘ng yelka suyagi sinishi» tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan va tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan mazkur holat yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring