Toshkentda yangi kameralar o‘rnatildi
Ushbu kameralar yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik kabi qoidabuzarliklarni qayd etishi mumkin.
«Toshkent shahar hokimiyati tomonidan Avstriya davlatining «Glans Gresselchaft Tashkent» nomli korxonasi A.Navoiy ko‘chasini raqamlashtirish bo‘yicha taklifi o‘rganilmoqda, hozirgi vaqtda ushbu korxonaga tegishli intelektual foto videoni qayd etish kameralari tomonidan yo‘l chiziqlariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, uyali telefondan foydalanish, xavfsizlik kamaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega, barcha yo‘l harakati ishtirokchilariga belgilangan qoidalarga amal qilishlarini tavsiya qilamiz», deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter