Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana ikki o‘lim: bemorlardan biri homilador bo‘lgan

Toshkentda yana ikki o‘lim: bemorlardan biri homilador bo‘lgan

Foto:«Xabar.uz»

Yurtimizda koronavirus sabab vafot etganlar soni ikkitaga oshdi. 

Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 40 yoshli M.K. (ayol) 12–17 iyul kunlari shahar 2-son tug‘ruq kompleksida “30 haftalik 4-homiladorlik, 4-tug‘ruq, asoratlangan akusherlik anamnezi, bachadon chandig‘i, ikki tomonlama pnevmoniya, kamqonlik, nafas yetishmovchiligining 2-darajasi” tashxisi bilan statsionar sharoitida davolangan.

“COVID-19” tasdiqlangach, 17-iyul kuni shahar 3-son tug‘ruq kompleksiga o‘tkazilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Kasallik o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, DVS sindrom asoratlari bilan kechgan. Yuqorida keltirilgan hamroh kasalliklar bilan birga bemorda homilaning antenatal o‘limi ham kuzatilgan.

Muolajalarga qaramay o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, sepsis, poliorgan yetishmovchiligi, DVS sindromdan vafot etgan.

Ikkinchi marhum bemor Toshkent shahar Olmazor tumanida yashagan 73 yoshli U.T. (ayol) 12 iyul kuni COVID-19 infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi va ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi shifoxona yotqizilgan. 

Mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan reanimatsion choralarga qaramasdan ahvoli asosiy kasallik asoratlari hisobiga keskin og‘irlashgan bemor o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi, sepsis va poliorgan yetishmovchiligidan vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring