Toshkentda yana bir markaz o‘z faoliyatini boshladi
Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi muassisligida Toshkent mediatsiya markazi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi.
Yangi tuzilma nizolarni muqobil hal etish bilan shug‘ullanuvchi professional mediatorlarni o‘zaro tashkiliy va uslubiy jihatdan birlashtiradi. Shuningdek, markaz mediatsiya va nizolarni muqobil hal etish bilan birga professional mediatorlarni tayyorlaydi.
Endilikda mediatsiya markaziga fuqarolar va tadbirkorlar nizolarini hal etish uchun murojaat qilishi mumkin. Bundan tashqari, murojaatchilar ko‘tarilgan masala yuzasidan mutaxassis bo‘lgan mediatorni tanlab, o‘z nizolariga yechim topish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentimizning 2020-yil 17-iyundagi «Nizolarni muqobil hal etishning mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra, Toshkent davlat yuridik universiteti va Yuristlar malakasini oshirish markazi muassisligida Toshkent mediatsiya markazini tashkil etish belgilangan edi. 2021-yil 1-yanvarga qadar mazkur markaz dunyoning mediatsiya instituti rivojlangan mamlakatlari tajribasidan kelib chiqqan holda maxsus bino va jihozlar bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter