Istanbul san’at va madaniyat markazi qayta ochildi (foto)
Istanbuldagi Otaturk madaniyat markazi 2021-yil 29-oktyabr, Turkiya Respublikasining 98 yilligi munosabati bilan san’at ixlosmandlari uchun o‘z eshiklarini qayta ochdi. Mahalliy aholi tomonidan Ataturk Kultur Merkezi (qisqacha AKM) nomi bilan mashhur bo‘lgan, yangi qurilib foydalanishga topshirilgan zamonaviy inshoot o‘zining oldingi, ramziy dizaynini eslatadi.
AKM, Madaniyat va turizm vazirligining Turkiyada bugungi kunga qadar amalga oshirilgan eng katta san’at va madaniyat loyihalaridan biri bo‘lib, Beyo‘g‘lu Madaniyat Yo‘nalishining eng muhim sarmoyalaridan hisoblanadi. Markaz madaniyat xiyobonining boshlanishini belgilaydi va uning qayta ochilishi Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Xalqaro Beyo‘g‘lu Madaniyat Yo‘nalishi festivalini boshlab beradi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Madaniyat va Turizm Vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbul Otaturk nomidagi madaniyat markazining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi. Marosimda, shuningdek, biznes, san’at va akademik sohaning taniqli namoyondalari, nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari, hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari ham qatnashdi.
Madaniyat va Turizm Vazirligi tomonidan 2 milliard liralik mablag‘ evaziga 2,5 yil ichida to‘liq rekonstruksiya qilingan AKM eng so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan 49000 m²lik va 2040 o‘rinli opera teatri yil davomida tashrif buyuruvchilarni kutib oladi. Markazda, shuningdek, maydoni 16,300 m² bo‘lgan va 802 kishiga mo‘ljallangan teatr zali, 410 m² AKM galereyasi va AKM ko‘p maqsadli zali mavjud.
Yuqorida aytib o‘tilgan zallardan tashqari, AKM taxminan 100 000 kvadrat metrlik yopiq maydonga ham ega. Ushbu yopiq maydon musiqa, san’at, arxitektura va dizayn kabi ixtisoslashtirilgan mavzulardagi galereya, ko‘p maqsadli xona, bolalar ijodiyoti markazi, musiqa platformasi, ovoz yozish studiyasi va axborot markazi sifatida yaratilgan kutubxonadan iborat.
Yangilangan majmua, shuningdek, AKM Yeshilcham kinoteatri va Dizayn do‘koni, mashg‘ulotlar uchun maydonchalar, solist va orkestr xonalari, restoranlar, kafeteriya, kitob kafelari, ustaxonalar, ma’muriy va texnik bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter