Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda uch nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligi ma’lum qilindi

Toshkentda uch nafar bemorning ahvoli o‘ta og‘irligi ma’lum qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ayni vaziyatdagi holat haqida ma’lumot berdi:

– Mamlakatimizda ayni daqiqalarga kelib, koronavirus kasalligi bilan 1716 bemor ro‘yxatga olingan. Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 84 bemorning 29 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 3 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir. Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 82 bemordan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 152 bemordan 45 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 6 nafarining ahvoli og‘ir, 2 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir, deb baholanyapti.

Hurmatli yurtdoshlar! Karantin tadbirlari davom etyapti. 22-aprel kuni 93 bemor kasallikdan to‘liq sog‘ayib, reabilitatsiya markazlariga o‘tkazildi. Shu bugungi kunga qadar reabilitatsiya markazlariga o‘tkazilganlarning umumiy soni 450 nafarni tashkil etdi.

Albatta, bu yoqimli va quvonchli xabar. Lekin bu biz karantin tadbirlarini susaytirishimiz kerak, degani emas. Kuni kecha Prezidentimiz rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham bu haqda alohida ta’kidlandi.

Karantin tadbirlarini susaytirishga hech kimning haqi yo‘q. Har birimiz karantin tadbirlariga to‘liq rioya etishimiz kerak. Aks holda, vaziyatni murakkablashtirib yuborishimiz ehtimoli yo‘q emas. Shunday ekan, karantin tadbirlari rasman bekor qilingunga qadar uyda qolishimiz, muloqotdan tiyilishimiz, unga ehtiyoj bo‘lsa, masofa saqlashimiz kerak.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring