Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «tungi ko‘ngilocharlik»da qatnashgan 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (video)

Toshkentda «tungi ko‘ngilocharlik»da qatnashgan 14 ta avtomobil jarima maydonchasiga joylashtirildi (video)

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkentda 10-fevral kuni «Ucell» ma’muriy binosi qarshisidagi avtomobillar turargohidagi «tungi ko‘ngilocharlik»da ishtirok etgan 14 ta avtotransport vositasi jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Transport vositalarining haydovchilariga nisbatan turli huquqbuzarliklar uchun ma’muriy ta’sir choralari qo‘llanilgan.

Ulardan besh nafarida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug‘urta polisi bo‘lmagan, to‘rt nafar haydovchilarning avtomobillari oynalari tegishli ruxsatsiz qoraytirilganligi aniqlangan.

Ikki nafar haydovchi avtomobillariga shovqinni pasaytiradigan moslama (maxsus «sport» turi) o‘rnatishgan. Yana biri boshqa shaxsga tegishli bo‘lgan avtomobilni boshqarish uchun ishonchnomaga ega bo‘lmagan, boshqasida haydovchilik guvohnomasi va taloni yo‘q bo‘lgan. Yana bir haydovchida transport vositasining pasporti bo‘lmagan.

Quyidagi videoyozuvda esa nafaqat «Spark» avtomobili haydovchisi, balki boshqa avtomobilchilar ham «drifting» bilan shug‘ullanayotganligini ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring