Toshkentda prokuratura tergovchisi 50 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Toshkent shahar, Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi yirik miqdorda pora bilan qo‘lga tushdi. Bosh prokuratura matbuot xizmati Xabar.uzga ushbu ma’lumotni tasdiqlagan.
DXX Toshkent shahar boshqarmasi Toshkent shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda Uchtepa tumani prokuraturasi tergovchisi 50 ming AQSh dollarini pora tariqasida olayotganda qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter