Toshkentda to‘rt kishi bankomatdagi 396 million so‘mni o‘g‘irladi
Olmazor tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra, 9-oktyabrdan 10 oktyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar banklarning birining bankomatini ochganlar.
So‘ngra undan ichida 396.300.000 so‘m bo‘lgan 3 ta qutini olib ketishgan. Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Toshkent shahar IIBB jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida gumonlanuvchilar – 25 yoshli Abdusamad A., 28 yoshli Murodjon A., 26 yoshli Ulug‘bek A. va 25 yoshli Muzaffar M.lar qo‘lga olindilar. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter