Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda tibbiyot xodimini kaltaklagan yigit 2 yilga qamaldi

Toshkentda tibbiyot xodimini kaltaklagan yigit 2 yilga qamaldi

Joriy   yil 16-oktyabr kuni poytaxtning Yakkasaroy tumani Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1/5-uy oldida 22 yoshli fuqaro M.A. «103» brigadasi haydovchisini kaltaklagani haqida xabar berilgan edi.

U, shuningdek, brigadagi boshqa shifokorlarga ham kuch ishlatgan. Tez tibbiy yordam avtomashinasiga ham jiddiy zarar yetkazgan.

Ma’lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida tuman sudi sudyasi Rustam Rahmonov raisligida mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Sud jarayonida sudlanuvchi e’lon qilingan aybga to‘liq iqror ekanini bildirgan. U mast holatda bo‘lgani sabab nima qilayotganini anglamay qolganini aytgan.

«O‘zim juda ko‘p ichib yuborganligim uchun aniq bo‘lgan holatni eslolmayman. Hozirda qilgan ishimdan pushaymonman», – deydi u.

M.A. sud hukm bilan JKning 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi «g» bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring