Toshkentda tergovdan yashirinib yurgan shaxs qo‘lga olindi
![Toshkentda tergovdan yashirinib yurgan shaxs qo‘lga olindi](https://static.xabaruz.com/crop/3/7/720_460_95_3723837447.jpg)
Toshkent shahar IIBB xodimlari firibgarlikda gumonlanuvchi va tergovdan yashirinib yurgan shaxsni qo‘lga olishdi.
Zafar J.ning arizasiga ko‘ra, joriy yilning aprel oyida Toxir T. metall mahsulotlarini yetkazib berish bahonasida Zafar J.dan 6 mln 600 ming so‘m olgan. Ammo kelishilgan muddatda Zafar hech qanday metall mahsulotlarini olmagan. Pullar ham qaytarib berilmagan.
Mazkur fakt asosida joriy yilning 28-iyul kuni Uchtepa tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchining turar joyini aniqlash uchun Uchtepa tumani IIO FMB jinoyat qidiruv xizmatiga alohida topshiriqlar berildi. Gumonlanuvchi propiska qilingan manzilida yashamas edi.
2020 yilning 4 sentyabr kuni Toxir ayblanuvchi sifatida jinoyat ishiga sirtdan jalb qilindi, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilib, qidiruv e’lon qilindi. 2020-yilning 1-oktyabr kuni tezkor-tergov tadbirlari natijasida Toxir T. qo‘lga olindi. Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter