Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda sudya pora olishda ayblanmoqda

Toshkentda sudya pora olishda ayblanmoqda

Foto: «Xabar.uz»

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Bugun, 17 fevral kuni Sudyalar oliy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi I.B.ni Jinoyat kodeksining 210-modda (Pora olish) 2-qismi «v» bandi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilingan.

Kengash xulosasi bilan I. B.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik berilgan va uning sudyalik vakolati to‘xtatilgan.

«Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi», deyiladi kengash xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring