Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda nigeriyalik tovlamachi qo‘lga olindi

Toshkentda nigeriyalik tovlamachi qo‘lga olindi

Foto: Tergov departamenti.

14-aprel kuni Toshkent viloyati IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi, JQB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. 

O‘zbekistonga ingliz tili fani bo‘yicha o‘qitish maqsadida kelgan nigeriyalik 34 yoshli O.Innosent tanishi X.O. ni o‘z uyida mehmon qilib, uning ichimlik suviga noma’lum modda qo‘shib berib, sarxush holatga kelganidan foydalanib rasmga tushirgan va ushbu suratlarni Telegram orqali tarqatib yubormasligi evaziga 5 000 000 so‘m pullarni talab qilgan. 

Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan “Shoxsaroy” to‘yxonasi oldida X.O.dan 2 000 000 so‘m pullarni tovlamachilik yo‘li bilan olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiyo‘l shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.Innosentga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (Tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov davomida jinoyatning kelib chiqish sabablari to‘liq o‘rganilib, huquqiy baho berilishi ta’minlanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring