Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda «Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh» nomli fotolar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Toshkentda «Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh» nomli fotolar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi asosida «Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh» nomli fotolar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

Toshkentdagi Abdulla Qodiriy Xotira muzeyida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev, Ozarbayjon va Turkiya elchixonalarining diplomatlari, O‘zbekistonning madaniyat, fan va san’at xodimlari, olimlar, universitetlarning professor-o‘qituvchilari, talabalar ishtirok etdilar.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbasov ko‘rgazmaning ochilishida chiqish qilib, 2020 yilda 44 kunlik Vatan urushi natijasida 30 yilga yaqin Armaniston ishg‘oli ostida qolgan tuproqlar Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati va armiyaning jasorati bilan ozod qilingani hamda Armaniston ishg‘olining og‘ir ahvoldagi natijalarini gapirib, bular haqida ma’lumot berdi. Diplomat har yili Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashkilotchiligi bilan o‘zbek jurnalistlari, operatorlari uchun Ozarbayjonga, uning ishg‘oldan ozod etilgan mintaqalariga media-turlar tashkil qilinganini qayd etib, o‘tgan yillar mobaynida Ozarbayjonda bo‘lgan jurnalistlar o‘lkamiz haqida o‘nlab televideniya ko‘rsatuvlari va radio eshittirishlari, gazeta va saytlar uchun maqolalar tayyorlaganini gapirdi.

Samir Abbasov «Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh» nomli fotolar ko‘rgazmasida O‘zbekistonning taniqli fotografi Husniddin Ato bosqindan ozod bo‘lgan hududlarimizni kezib, unikal suratlar olgani, hududlarni tasvirga muhrlagani va ushbu suratlar ko‘rgazmadan joy olganini bildirib o‘tdi.

Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev o‘lkalarimiz orasida bo‘lgan tarixiy do‘stlik aloqalari haqida gapirib, so‘nggi yillarda hamkorlik yanada yuksalib borayotganini ta’kidladi. Elchi Armanistonning tarixan istilochilik siyosatidan so‘z ochib, Kavkaz bilan birga, Markaziy Osiyoda ham arman dashnoqlari qilgan qatli bedodlar, qirg‘inlar haqida ma’lumotlar berdi.

Ko‘rgazmada namoyish etilgan fotolar muallifi, taniqli o‘zbek fotooperatori Husniddin Ato Ozarbayjonga tashkil etilgan media-tur haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. Fotomuxbir Ozarbayjonning Armaniston ishg‘olidan ozod etilgan mintaqalarini ziyorat qilib, hayratlanganini va daxshatga tushganini so‘zlab berdi. Ag‘dam, Fuzuliy va Shusha tumanlarida bo‘lgan Husniddin Ato bu yerda xuddiki kuchli darajada vayron qilguvchi zilzila sodir bo‘lganini, Ozarbayjon xalqi ming yillar davomida yaratgan shahar va qishloqlarining vayron qilinganini ta’kidlab o‘tdi. Uning qayd etishi bo‘yicha, xorijlik jurnalistlar Ag‘damni «Ozarbayjonning Xirosimasi» deb bejizga atashmagan.

Fotooperator Husniddin Ato ko‘rgazmaga qo‘yilgan suratlar umumiy suratlarning tanlangan bir qismi ekanini aytib, kelajakda u Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birgalikda Ozarbayjonga va Qorabog‘ mavzusiga doir tasvirga muhrlangan suratlardan iborat yangi-yangi ko‘rgazmalarning tashkil etilishi rejalashtirilayotgani haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi tarixiy muzeyda «Qorabog‘da yangi tug‘ilgan quyosh» nomli fotolar ko‘rgazmasining namoyishi joriy yilning 27 fevraliga qadar davom etadi.

Tadbir davomida ishtirokchilar 2020 yilda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan Qorabog‘ burchagi bilan yaqindan tanishdilar.

Ushbu burchakka 5 tilda nashr etilgan «Shusha - turk dunyosining madaniyat poytaxti» nomli ensiklopedik kitob va O‘zbekistonda tayyorlangan pochta markasi hadya qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring