Toshkentda qilich bilan tahdid qilishib, bir kishini mashinaga majburan o‘tqazib olib ketishdi (video)
![Toshkentda qilich bilan tahdid qilishib, bir kishini mashinaga majburan o‘tqazib olib ketishdi (video)](https://static.xabaruz.com/crop/3/8/720_460_95_3869109485.jpg)
Internet tarmog‘ida Toshkentda noma’lum shaxslar erkakka qilich bilan tahdid qilib, uni mashinaga majburan o‘tqazib noma’lum tarafga olib ketgani ko‘rsatilgan video tarqaldi, deb xabar bermoqda «Repost».
Hodisa «Spark» va «Jiguli» avtomobillaridagi bir guruh shaxslar o‘rtasida sodir bo‘lgan.
Toshkent shahar IIBB tomonidan ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari boshlangan bo‘lib, hodisa ishtirokchilarining shaxsi aniqlanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra jabrlanganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter