Toshkentda o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan yigit qidirilmoqda
Toshkent shahar IIBB o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsni qidiruvga berdi.
Mahkamov Azamat Abrol o‘g‘li, 1991-yilda tug‘ilgan, o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlikda gumonlanmoqda.
«Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz Mahkamov Azamat haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, 71-235-00-02, 97-440-22-04, 94-619-00-30 yoki 102 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz.
Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz! Maxfiylik kafolatlanadi» deyiladi IIBB ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter