Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘quvchilarning janjaliga rasmiy izoh berildi

Toshkentda o‘quvchilarning janjaliga rasmiy izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal aks etgan video tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha munosabat bildirgan.

Aytilishicha, kecha, 15-aprel kuni taxminan soat 15.00 larda Mirobod tumanida 14 yoshli I.B. tengdoshi D.N.(jabrlanuvchi)ga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zaro janjallashib qolishgan.

I.B. mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida voyaga yetmagan D.N. bilan Yuksalish mahallasida uchrashishgan va janjallashib ketishgan. Natijada D.N.ga tan jarohati yetkazilgan.

Holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilgan va ota-onalar MJtKning 47-moddasiga asosan ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring