Toshkentda olti davlat bosh shtab boshliqlari yig‘iladi
Ertaga, 21-fevral kuni poytaxtdagi «Hyatt Regency Tashkent» mehmonxonasida Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari Bosh shtab boshliqlarining navbatdagi anjumani bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Anjuman mintaqada xavfsizlikni ta’minlash, Afg‘onistondagi vaziyatni barqarorlashtirish, shuningdek, terrorizm, giyohvand moddalar savdosi hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlanadi.
Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Pokiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg‘oniston qurolli kuchlari bosh shtabi boshliqlari, Qirg‘iziston qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, AQSh Qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni ishtirok etadi.
Anjumanda O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov ham qatnashishi ko‘zda tutilgan.
Anjuman doirasida delegatsiya rahbarlari alohida ikki tomonlama uchrashuvlarni o‘tkazishi, shuningdek, delegatsiya a’zolarining O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasidagi o‘quv jarayonini kuzatishlari, Hasti Imom majmuasi va Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishishi ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter