Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda o‘g‘irlangan mashina 2 soatda Sirdaryoda ushlandi

Toshkentda o‘g‘irlangan mashina 2 soatda Sirdaryoda ushlandi

Bugun, 18-sentyabr kuni soat 10:35 larda noma’lum shaxs Toshkentda «Lasetti» o‘g‘irlagan va ikki soatga qolmay, soat 12:25 larda Sirdaryoda qo‘lga tushgan.

Mashina egasi avtomobili olib qochilgani haqida ichki ishlar organlariga darhol xabar bergan. Natijada avtomashina Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi eski «Salar» YPX maskanida "Toshkent-Samarqand" yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan vaqtida ushlangan.

Transport vositasi Oqoltin tumani hududida joylashgan 1-sonli jarima maydoniga joylashtirilgan. Avtomashinani Xorazm viloyatida yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro olib qochgani aytilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring