Toshkentda noma’lum shaxslar archalarni kesib ketishdi
Toshkent shahri, Yunusobod tumanidagi Shahriston metrosi yaqinidagi archazor tunda arralab ketilgan.
Bugun, 15 dekabr tongida mahalliy aholi ushbu holatdan xabar topishgan. Ular aybdorlarni jinoiy javobgarlikka tortish kerakligini talab qilishmoqda.
Hozircha hodisa yuzasidan biror rasmiy izoh berilgani yo‘q.
Qayd etish joizki, avvalroq aynan shu hudud tadbirkor tomonidan o‘rab olingan edi. Ammo keyinroq aholi o‘zlari ekib o‘stirgan archazorlarni qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishgandi. Ularni deputat va ekologlar qo‘llab-quvvatlashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter