Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda metro xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi

Toshkentda metro xodimi firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi

«Toshkent metropoliteni» DUK «Harakat» xizmati xodimi X.N. firibgarlik jinoyati ustida qo‘lga olindi.

Bu haqda korxona axborot xizmati xabar beryapti.

Aytilishicha, mazkur xodim fuqaro D.M.ning ishonchiga kirib, uni 2 million so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga va’da bergan.  IIV Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentining Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan «Toshkent metropoliteni» DUKning «Rejim tartibini ta’minlash» xizmati xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda esa xodim fuqarodan 1 million so‘m miqdorda pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Metro xodimiga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.

«Toshkent metropoliteni» DUK fuqarolardan korrupsion holatga duch kelganida korxonaning rasmiy internet sahifalariga yoki +998 71 239 8930, +998 93 700 0325 telefonlariga murojaat qilishlarini so‘ramoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring