Toshkentda metro ochiq eshikda harakatlanganiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqda metro poyezdi eshigi ochiq holda harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Toshkent metropoliteni holatga izoh berdi.
Ushbu holat 15 dekabr kuni yo‘lovchilar qatnovi tig‘iz bo‘lgan vaqtda «Chilonzor» yo‘lining «Olmazor» - «Buyuk Ipak yo‘li» yo‘nalishlarida yuz bergan.
Qayd etilishicha, yo‘lovchilarning eshikka suyanishi oqibatida eshikka me’yoridan ortiq yuklama tushishi sababli o‘sha vaqtda vagon eshiklarining blakiratori nosoz ahvolga kelgan.
Mashinist ushbu holatdan xabar topgan, ammo, tonnel ichida yo‘lovchilarni ortiqcha vahimaga solmaslik uchun «Xalqlar do‘stligi» metro bekatidan «Paxtakor» metro bekatiga yetib kelgan.
Aynan shu bekatda vagon eshigidagi muammo bartaraf etilgan. Hech qanday baxtsiz hodisa ro‘y bermagan, jabrlanganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter