Toshkentda maxsus pult orqali avtomobillardan pul o‘g‘irlayotgan guruh ushlandi
Toshkentda 2000 AQSh dollariga sotib olingan maxsus masofaviy skaner yordamida avtomobil eshigini ochib, o‘g‘irlik qilayotgan huquqbuzarlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 mart kuni tunda jinoiy guruh Chilonzor tumanida maxsus pult orqali «Lacetti» rusumli avtomobili eshigini ochib, avtomobil salonidan 307 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.
Jinoiy guruh o‘zining navbatdagi o‘g‘irlik paytida qo‘lga olingan. Ular uch kishi bo‘lib, maxsus yasalgan pult yordamida avtomobillarning eshigini bemalol ochib, yopa olgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qurilma Qozog‘istondan olib kelingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter