Toshkentda mashina o‘g‘risi 45 daqiqada ushlandi
Yakkasaroy tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, 2021+yilning 31-mart kuni soat 23:00 larda noma’lum shaxs Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasi 25-uy oldida turgan 26 yoshli Davron T.ga tegishli «Nexia» rusumli avtomashinasining eshiklari ochiqligidan hamda avtomashinaning o‘t oldirish kaliti o‘zidaligidan foydalanib, mazkur transport vositasini olib qochgan.
O‘tkazilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida, shu kunning o‘zida «102»ga xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab 45 daqiqa mobaynida avtomashina Shota-Rustaveli ko‘chasida topilib, ushbu jinoyatni Yakkasaroy tumani Qushbegi mavzesida yashovchi 34 yoshli Dmitriy B. mast holatda sodir qilganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va avtomashina texnik soz holatda jabrlanuvchiga qaytarilgan.
Hozirda Dmitriy B.ga nisbatan «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Tergov davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter