Toshkentda mashina monopoliyasini chizib ketishdi
Taniqli rassom Inkuzart bu galgi ijodini O‘zbekistondagi avtomobil monopoliyasiga bag‘ishladi. U chizgan rasmda mashina sotib olish uchun uzun navbatda turgan odamlar tasvirlangan.
Ushbu asar Chilonzor tumanidagi sobiq AQSh elchixonasi yonida joylashgan devorga chizilgan.
Oldin xabar berganimizdek, UzAuto Motors mashinalarini sotib olishga bo‘lgan navbatlar haddan ortiq ko‘payib ketdi. Masalan, ayni paytda Lacetti uchun qariyb 25 000, oy boshida 22 000 edi, Cobalt uchun esa salkam 8 000 ta odam navbatda turibdi. Buning sababi asosan ishlab chiqarish kamayib ketganidadir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter