Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti rasman ochildi (foto)

Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti rasman ochildi (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti tashkil etilgan edi.

«Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi doirasida institutning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Xabar.uz» muxbiri ma’lum qildi.

Ochilish marosimida Senat raisi Tanzila Norboyeva, Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, BMTning Markaziy Osiyoda preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi rahbari Nataliya German va Tojikiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston mas’ul idora va vazirlik xodimlari ishtirok etishdi.

Tanzila Norboyeva O‘zbekiston prezidentining Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochilishi munosabati bilan yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuni ta’kidlash kerakki, institut qo‘shni davlatlarning tashqi siyosat konsepsiya va maqsadlarini tahliliy yondashuvlar asosida puxta o‘rganishi maqsad qilingan.

Foto:«Xabar.uz»

Institutning asosiy vazifalari sifatida mintaqa davlatlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni har tomonlama kengaytirishga qaratilgan strategiya va dasturlarning yangi yo‘nalishlarini ishlab chiqishga ko‘maklashish, ularni ilmiy asoslangan holda chuqur tahlil qilish va tadqiq etish kiradi. Institut mintaqa davlatlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan izlanishlarni, Markaziy Osiyo xavfsizligi bilan bog‘liq turli boshqa tahdid va muammolarni samarali hal etishga qaratilgan tizimli tadqiqot ishlarini olib boradi.

Konferensiya doirasidagi uchrashuvlar davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring